Ta’lim berish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, pedagogika oliygohi dizayn yo‘nalishini bu yil tugataman inshaAlloh. Yurtimizda o‘zgarishlar katta, inshaAlloh yaqin kunlarda maktablar hamda kollej yoki litseylarda arab tili darslari, Qur’oni Karim o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi degan umiddamiz. Shu maqsadda o‘zimning mutaxassisligimdan tashqari bu sohada ham dars berishim uchun men qaerda tahsil olay, hozirda ochilgan pullik kurslardan menga maktab yoki kollejlarda dars bera olishim uchun hujjat beriladimi, yoki buning uchun ikkinchi mutaxassislik sifatida Toshkent islom universitetida o‘qishim zarurmi? Javobingiz uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’on o‘qitish ham ulkan vazifa hisoblanib, o‘qitish uchun bu sohaning mutaxassislaridan ijoza olish shart. Hozirgi kunda madrasada Qur’ondan dars berish bilan mashg‘ul ustozlarning aksar qismida ham bu kabi ijozalar yo‘q. Ular suv yo‘g‘ida tayammum sifatida xizmat qilishmoqda. Alloh barchalaridan rozi bo‘lsin, hadisdagi “Sizlarni yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganib, o‘zgalarga ham o‘rgatganlaringiz” degan sharafga musharraf qilsin. Siz Qur’onni haqiqiy mutaxassisidan o‘qib o‘rganib, o‘qitishga ijoza olmas ekansiz dars berishingiz shar’an joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 176 | Ta’lim va muta’allim