Ibodatga qarshilik
Assalomu alaykum! Man silaga ikkinchi marta savol yo‘llavoman. To‘g‘risi judayam qiyin ahvoldaman, oilamiz dindan uzoq oila, yoshligimdan shu muhitta kotta bo‘ganman. Lekin Alloh qalbimga iymon berdi. Namoz o‘rgandim, namoz o‘qiyman. Kechalari uyg‘onib ibodat qilaman. Iltimos riyo sifatida ko‘rmenglar. Savolim shunga oid. Boshida ota-onam juda qarshi bo‘lishdi. Lekin hech qaytarishomadi. Oxiri otam indami qo‘ydila. Lekin onam Ramazonda ro‘za tutib yurganimda «Agar ertaga yana ro‘za tutsen mani onam dimagin» deb urishib berdilar. Shundayam qo‘rqib bekitib ro‘za tutishga urindim. Yaqinda namozim borasida yana bahs munozara bo‘ldi. Onam «namoz o‘qib mani uyaltirsen onam dema» didilar. Bir necha kundan keynn yana shu mavzu ko‘tarildi. Onamga xech tushuntiromiman, umuman eshitkilari kemidi. Siz ham namoz o‘qib ko‘rin desam «Sandaka aql o‘rgatadigan farzand tuqqandan ko‘ra…». Man judayam qo‘rqib qoldim. Onani norozi qilgan farzand jannati bo‘lmaydi. Allohi amrini bajarmagan insonam jannati bo‘lmaydi. Oilada yagona farzandman, mandan keyin 2 nafar chaqaloqni erga qo‘yganmiz. Man qanaqa yo‘l tutishni bilmi qoldim. Dinimdan voz kechomiman, lekin onami qarg‘ishlaridanam juda qo‘rqaman. Hoziram sizga qorquv aralash yozvomman. Boshqa choram qomadi , iltimos, duo qilinglar, onam ham namozxon inson bosinla… Qimmatli vaqtlaringizni olganim uchun uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dinimiz qoidasi bo‘yicha, Alloh taologa gunoh bo‘ladigan har qanday ishda bandaga itoat qilinmaydi. Garchi ular ota-ona bo‘lsalar ham. Namoz har bir voyaga etgan musulmon shaxsga farzdir. Bir vaqt namozni o‘qimaslik va bir kunlik ro‘zani tutmaslikning o‘zi juda ham katta gunohdir. Namoz va ro‘zani tan olmaslik esa kofirlikdir. Sizning ota-onangiz sizga «namoz o‘qima, ro‘za tutma» deyishlari bilan juda katta gunohga jur’at qilibdilar. Ular tezda tavba qilishlari kerak. Ular, «namoz o‘qishing va ro‘za tutishing davlatga to‘g‘ri kelmaydi» deyishlari bilan davlatga ham qarshi katta jinoyat qilibdilar. Davlat bu gaplari uchun ularni jazolashi mumkin. Chunki davlat ibodat qilishga ruxsat bergan. «Namoz o‘qish va ro‘za tutish jinoyatdir» degan gap davlatning birorta qonunida yo‘q. Davlat o‘z qonuniga qarshi bo‘lganlarni jazolaydi. Davlatga tuhmat qilmaslik kerak. Siz namoz o‘qishni davom ettiring. Alloh taolo O‘zi oson qiladi. Vallohu a’lam! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh. https://savollar.islom.uz/savol/4060
26 May 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar