Tafsiri Hilol apk

Assalomu alaykum! Hurmatli “Zikr ahlidan so‘rang” xa’yati a’zolari. Alhamdulillah, men Alloh qodir qilganicha ilm o‘rganishga va bilganlarimga amal qilishga harakat qilmoqdaman. Men yaqinda “TAFSIRI HILOL” apk ni Ninestore (9 apps) dan harid qilgandim. Shundan bir iqtibos keltirsam, “Tafsiri Hilol” dasturining to‘liq versiyasi, Tafsiri Hilol nomli dasturni quyidagi ilovalar orqali, shuningdek Appstore yoki Play Market dan yuklab olishingiz mumkin, deyilibdi. Savol: 9 apps dan  xarid qilganim to‘g‘rimi yoki faqat Appstore va Play Market dan xarid qilishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz dasturni istagan sahifadan yuklab olishingiz va o‘rnatishingiz mumkin. Xarid qilish vaqtida esa to‘lov bizni sahifadan bo‘ladi. Lekin Appstore yoki Play Market dan yuklab olishingizni maslahat beramiz, chunki biz faqat dasturimizni shu ikkisiga joylaymiz va u erda doim eng so‘ngi nashri bo‘ladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 05:33 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar