Qasamli taloq xaqida

Assalomu alaykum! Do‘stimning ayoli eriga ayollar bilan telda gunox ishlar qilish uchun SMS yozishsangiz taloqsan deb qasam ichtirgan. Do‘stim va’dasini 5 oy buzmagan. Bayram kuni bir nopok ishlar qiluvchi do‘stimning tanish ayoli telegram orqali yangi yil bilan do‘stimni tabriklagan. U ayol bilan video vizov orqali gaplashishgan. Lekin uchrashishmagan zino qilishmagan. Shu xolatda do‘stimning ayoli ga taloq tushganmi chunki do‘stim video vizov orqali gaplashdim SMS yozmadim degan so‘zni aytyapti. Agarda taloq tushgan bo‘lsa do‘stimning ayoli idda o‘tirishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “gunox ishlar qilish uchun SMS yozishsangiz” deganda nimani niyat qilganligiga qaraladi. Agar bu lafzdan “umuman qanday usulda bo‘lsa ham gaplashsam” degan ma’noni niyat qilib aytgan bo‘lsa, video qo‘ng‘iroq orqali gaplashishi tufayli taloq tushadi. Shuning uchun biron ahli ilmga uchrab maslani tafsiloti bilan o‘rganib olishsin. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 20:04 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar