Gunohkorman ammo
Assalomu alaykum! Savol berishdan avval vaziyatni tushuntirmoqchiman. Mening qo‘limda 8 oylik farzandim og‘ir kasal edi. Uy ishlarini qilolmay qoldim. Chunki bolamning issig‘i 3, 4 kun tushmadi. Turmush o‘rtog‘im shuni tushunmasdan har kuni janjal qila boshladi. Keyin esa shu darajada urdilarki, miyyam chayqalib kasal bo‘lib qoldim. Farzandim og‘ir kasal, qattiq yig‘lab hech narsaga unamasdan yotardi. Men ham turolmay yotardim. Shunda bolamga rahmim kelib, erimni qarg‘ab yubordim. Axir menga emas farzandiga rahmi kelsa bo‘lardiku. Men gunohimni qanday yuvaman? Alloh meni kechirarmikin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! Tavba qiluvchilar uchun Alloh taoloning tavba eshiklari hamisha ochiqdir. Noumidlik shaytondandir. Ayol zimmasida erning haqqi ulkanligidan Rasululloh solallohu alayhi vasallamdan u zotga sajda qilishga ruxsat berishlarini so‘ralganda: “Alloh taolodan o‘zgaga sajda qilish joiz emas. Mabodo joiz bo‘lganida ayolni eriga sajda qilishga buyurgan bo‘lar edim” deganlar. Albatta, er ham buni suiste’mol qilmasligi kerak. Rasululloh solallohu alayhi vasallam: “Sizlarning yaxshilaringiz hargiz ayolini urmas” deganlar.
26 May 2022, 16:55 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar