Hadis hadida

Bir tanishimiz shuni junatibdi.Bu xadis saxixmi?Javob uchun oldindan raxmat...Paygambarimiz Muxammad Mustafo S.A.V.buyuradilarki:ummatlarimni kazo namozlari bulsa ramazonning oxirgi juma kuni juma namozi bilan asr namozi orasida 4 rakaat namoz kilsa 400 yillik kazo namozini ukigan buladi.inson 400 yil kazo namoz kila olmagani uchun ortgani onasi, dadasi,bolalari, kushnilarining urniga utadi. Namoz 4 rakaat sunnat kabi ( niyat kildim ollox rizosi uchun avvalgi ustimda kolgan kazo namozlarining kafforati uchun 4 rakaat sunnat namozini ukishga).xar rakaatda fotixadan sungra 10 oyatal kursi,15 kavsar,3 kafirun,3 ixlos ukiladi. Salomdan keyin 70 istigfor va 70 salavot ukiladi. Ollox namozlarimizi, duolarimizi kabul etsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Siz keltirgan hadis sahih emas. Namoz va ro‘za kabi farz amallarning qoldirilganlari, qanday qazo qilingan bo‘lsa xuddi shunday ado qilinadi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 14:46 | Savol-javoblar | 148 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar