Ishimga sal kechroq kelaman

Assalomu alaykum! Men oilaviy poliklinikada shifokorman. Ish vaqtim 8:00 dan 15:00 gacha abed vaqti 12:00 dan 13:00 gacha. Juma kunlari abed qilmay juma namoziga boraman 13:20-13:30 larda ishga qaytib kelaman. Bazan bemorlar shu vaqtda meni kutib qoladi. Bemorlar xaqqiga xiyonat qilmayapmanmi? Shu vaqt uchun olayotgan maoshim xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qancha kech qolsangiz, o‘shancha ortiqcha ishlab bering. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 162 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar