Avvalgi qarzni qaytarish

Assalomu alaykum! Ilmingiz ziyoda bo‘lsin. Savolim shuki avvlar ibodatdan uzoqda bo‘lganim uchunmi birovning haqidan qo‘rqmas edim. Hozirgi vaqtda judayam afsusdaman, shularni qaytarish niyyatidaman. Shunga savolim shuki qaytarishim oldingi hisoblarga hozirgi hisoblar to‘g‘ri kelmaydi, valyuta kursida hisoblab qaytarsam bo‘ladimi yoki o‘sha vaqtda qancha bo‘lgan bo‘lsa shunchami? Qarz bo‘lib bermay ketganlarim ham bor ularnikichi? Ular olishni istashmasachi oxiratga qolib ketadimi? Bundan buyog‘i faqat yaxshi amallar qilmoqchiman, ko‘plab ehsonlar qilsam bular ijobat bo‘lmay qoladimi? Afsus va qo‘rqudaman to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qarzni olayotganda qo‘shib berishni shartlashmaganingiz uchun chiroyli tarzda qaytaravering. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 05:32 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar