Allohning qo‘li haqida

Assalomu alaykum! Internetda ma’ruzalari mashhur bo‘lgan Qirg‘isistonning O‘sh shahridan bo‘lgan bir domalaning Odam (alayhissalom)ning yaratilishi nomli maruzasida. Alloh Qur’onda ikki qo‘li bilan yaratganligi haqida aytb turib, 2 toifalar borligi, ulardan biri Allohning qo‘li yo‘q deya o‘sha oyatni inkor qilishi bilan ikkinchi toifa esa ha uning qo‘li bor biznikiga o‘xshagan deya unga sifat berganlikalri uchun kofir bo‘ldilar dedi. Va biz Allohning qo‘li borligiga iymon keltiramiz kayfiyatini Allohning o‘zi biladi dedilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sahobalar, tobe’inlar va taba’-tobe’inlar ushbu kabi oyat va hadislarni “Mutashobih oyat va hadislardir. Alloh taolo O‘ziga nimani isbot qilgan bo‘lsa, biz ham ularni isbot qilamiz va ularni haqligiga iymon keltiramiz, “Yad, vajh, istivo”dan Alloh nimani iroda qilgan bo‘lsa ilmini Allohning O‘ziga havola qilamiz. Allohning O‘ziga yarasha qo‘li bor, yuzi bor deb ham aytmaymiz” deganlar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 194 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar