Uch taloq deb 3-marta aytsa

Assalomu alaykum! Singlimni eri uch taloq deb 3-marta etibti, o‘rtada 2ta farzandligi bor, uydigilari yashivuradi deb taloq shartlarini ado etmasdan qaytadan domla nikoxlab qo‘yibti (qaysi domlaligini bilmiman). O‘qilgan nikoxligi qabul bo‘ladimi yoki o‘rtadigi munosabatlari zinoga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Er xotiniga uch taloq qo‘ygan bo‘lsa ular boshqa birga yashashlari joiz emas. “Domla nikohlab qo‘yibdi” deganingizga qaraganda yo sizlar haqiqatni yozmadinglar yo domla xato qilgan. Vallohu a’lam!

1 Oktabr 2022, 17:37 | Savol-javoblar | 126 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar