Sotuvdagi kitobni bepul tarqatish

Assalomu alaykum! Ustozlar! Savolim quyidagicha edi: Men masjid oldidagi diniy buyumlar,kitoblar,joynamozlar va shunga o‘xshash narsalar dokonda Namoz o‘rganish uchun sotilayotgan kitobni kordim. Shu payt manga bir g‘oya keldi. Mani uyimda printerim bor va shu printerim orqali shu yoki shunga o‘xshash boshqa Namoz o‘rgatadigan kitobni elektronini topib, uni kitob qilib chiqarib shu diniy kitoblar do‘koniga va odamlarga bepul tarqatsam bo‘ladimi ? Masalan kitobni ustiga ham "bepul" deb yozib qoyib chiqarsam. Bu ishim bilan o‘sha kitobni chiqarib sotayotgan tadbirkorni qarg‘ishiga qolmaymanmi ? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday qilishga zarracha ham haqqingiz yo‘q. Bu muallif huquqlariga tajovuz qilish hisoblanadi. Qiyomatda javob berasiz. Sizni diniy bilimingiz bo‘lsa boshidan o‘zingiz tarjima qilib yangi kitob yozing, ruxsat oling, biror nashryotda nashr qildirib keyin xohlasangiz tekinga tarqating xohlasangiz arzonga soting. Yoki sotib olib, keyin uni tekingga tarqating. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 20:37 | Savol-javoblar | 140 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar