Duo masalasi
Assalomu alaykum! Mening bir hamkasb do‘stim bor. Bizning kollektivda yoshi kottamiz shu inson. Har kuni ertalab ishga kelib ish boshlashdan oldin duo qilib, keyin ishni boshlashga odatlanganmiz. Eng kottamiz bo‘lgani uchun "Siz duo qiling" diyishadi u odamga. U inson duolarida Allohdan faqat boyliq pul so‘rayveradi. Men unga bir necha marta "Do‘stim, hayot faqat puldan iborat emas, Allohdan faqat boylik so‘rayvermay, sog‘lik ham so‘rang" desam, u menga "Qani? Birorta oyat yoki dalil bormi Allohdan boylik so‘ramagin deb yozilgan?" deb gapiraveradi. Shu masala yuzasidan qanday tushuntirishni bilmay qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo bizlarni duo qilishga buyurgan va ijobatni ham va’da qilgan. Qur’oni karimda Robbimiz aytadi:وَقَالَ رَبُّكُمُ ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْRobbingiz: «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman...», dedi. (G‘ofir surasi 60 oyat)وَاسْأَلُوا اللَّهَ مِنْ فَضْلِهِ إِنَّ اللَّهَ كَانَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمًا...Allohdan fazlini so‘rang. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir. (Niso surasi 32 oyat).
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Alloh taologa duo qilishni ko‘paytirar va insonlarga buni ta’lim berar edilar. Oxirat martabalari va jannat ne’matlarini so‘rash bilan birga bu dunyoga taalluqli ishlarni ham so‘rar edilar. Faqirliq kambag‘alliq xorlik va qarzdan panoh, hidoyat, taqvo, iffat va boylik so‘rar edilar. Bu hadisi shariflarda vorid bo‘lgan.عَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَقُولُ: اللهم إِني أَسْأَلُكَ الهُدَى، وَالتُّقَى، وَالعَفَافَ، وَالغِنَى. رَوَاهُ مُسْلِمٌIbn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, Sendan hidoyat, taqvo, iffat va boylik so‘rayman», deb aytardilar.
Imom Muslim rivoyati.
Alloh taolo faqatgina dunyoni so‘rab oxirat uchun duo qilmaydigan kishilar haqida aytadi:... فَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَقُولُ رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا وَمَا لَهُ فِي الْآخِرَةِ مِنْ خَلَاقٍ وَمِنْهُمْ مَنْ يَقُولُ رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الْآخِرَةِ حَسَنَةً وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ أُولَئِكَ لَهُمْ نَصِيبٌ مِمَّا كَسَبُوا وَاللَّهُ سَرِيعُ الْحِسَابِ Odamlardan ba’zilari: «Robbimiz, bizga bu dunyoda bergin», deydir va unga oxiratda nasiba yo‘qdir. Va ulardan ba’zilari: «Robbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilikni, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do‘zax olovi azobidan saqlagin», deydir. Ana o‘shalarga qilgan kasblaridan nasiba bor. Va Alloh tez hisob qiluvchidir. (Baqara surasi 200-202 oyatlar).
“Arablar johiliyat davrida mol va dushman ustidan g‘alaba singari faqatgina dunyo matohlarini duo qilib so‘rashar edi. Oxiratni so‘rash emas edi. Zero, uni bilishmas va iymon keltirishmas edi. Bas, ular dunyo ishiga xos bo‘lgan duodan qaytarildilar. Va ushbu nahy ulardan xabar berish siyg‘asida vorid bo‘ldi. Bu tahdid duolarida faqatgina dunyoni so‘raydigan mo‘’minlarga ham taalluqli bo‘lishi mumkin...” (Tafsiri Qurtubiy). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 20:37 | Savol-javoblar | 157 | Duolar