Imomdan borib kechirim so‘raymi?

Assalomu alaykum! Assalamu alaykum. Men masjiddagi bir qori akadan bomdoddan keyin hali quyosh chiqmasdan avval qazo namoz o‘qisa bóladimi deb so‘ragan edim. Chunki odatda shunda qilardim. Domla esa yo‘q mumkinmas dedi. Azon aytilgandan to bomdod chiqib ketguncha o‘qish mumkinmas dedi. Shu paytgacha man shunde qilib keganman. Endi ulani qayta o‘qimanmi qabul bo‘medidmi desam, endi uni Alloh biladi dedi. O‘ylantirib qo‘ydi. Zikr ahli hayati savol javoblaridan shu holatda o‘qisa bo‘lishi haqida javob topdim. Agar boshqa birov shu savolni o‘sha qori akadan so‘rasa unga ham noto‘g‘ri javob ketib qolmasin degan niyatda (boshqacha niyatni umuman ko‘zlamadim) domlani oldiga bordim va sizdan kecha savol so‘ragan edim zikr ahlidan so‘rang da bo‘ladi deyishgan ekan, faqat noto‘g‘ri tushunmang, boshqa birovga noto‘g‘ri malumot ketib qomasin degan manoda ayteppan deb hali gapimni tugatmasimdan, jahl bilan: emasa mandan umuman savol so‘ramang deb xo‘mrayib ketib qoldi. Bir tanishimga shu ishim noto‘g‘rimi deb voqeani aytsam u: endi buni tushunadigan bor tushunmedigan bor kattala aytgani yaxshida, bir tarafdan to‘g‘riyu bir tarafdan noto‘g‘riyamda dedi. O‘ylanib qoldim xato ish qilib domlani hafa qib qo‘ydimmi deb. MAN DOMLADAN UZUR SO‘RASHIM KERAKMI? Axir payg‘ambarimiz alayhissalomdan kim gapiretganimas nimani gapiretganiga qara degan manoda xadis borku. Ali ibn Abutolibdan ham savol so‘rashganda javob bersa, yo‘q undaymas bunday bo‘ladi deyishganda, o‘sha erni o‘zida xatosini tan olib to‘g‘ri tushunganku, nahotki ishim hato, agar shunde bo‘sa ayting borib uzur so‘rab kele. Javob uchun oldindan raxmat. Alloh vaqtingizni barokotli qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar barchaning oldida shu tanbehni bergan bo‘lsangiz u kishining obro‘sini to‘kkan bo‘lasiz. Agar yakka o‘ziga aytgan bo‘lsangiz, istehzo ohangida murojaat qilmagan bo‘lsangiz, niyatingiz xolis Alloh uchun vaziyatni isloh qilish bo‘lgan bo‘lsa, shunga qaramay u kishi jahl qilgan bo‘lsa, sizda ayb yo‘q ekan. Oxiratda u kishi sizga xusumatchi bo‘la olmaydi. Ammo uzr so‘rab o‘zingizni undan past tutsangiz, Allohning huzurida darajangiz ko‘tariladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 130 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar