Dadam namozda adashib ketsa
Assalomu alaykum! Men dadam bilan birgalikda namoz o‘qiyman. Dadam ayrim paytlar namozda sajdaga 3 marotaba ketib qoladi. Ayrim paytlar o‘zi bilmagan xolda xatolik qilib qo‘yadi. Men shu payt qo‘l bilan ishora qilib chuntirsam bo‘ladimi, namoz buzilib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: التَّسْبِيحُ لِلرِّجَالِ وَالتَّصْفِيقُ لِلنِّسَاءِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi va sallam:
«Tasbeh erkaklar uchun, qarsak xotinlar uchun», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Namoz o‘qiyotgan kishi biror narsani bildirmog‘i kerak bo‘lib qolsa, nima qilishi lozimligi shu hadisdan bilinadi. Agar namoz o‘quvchi erkak kishi bo‘lsa, u tasbeh aytadi. Misol uchun, imom xatoga yo‘l qo‘yganda yoki o‘zining namoz o‘qiyotganini bildirmoqchi bo‘lganida tasbeh aytadi. Ayol kishi esa ovoz chiqarib tasbeh aytishning o‘rniga qarsak chaladi.
Bu narsa namozdan boshqa joylarda ham yo‘lga qo‘yilgan. Yuqoriga o‘xshash vaziyatlarda ayol kishi o‘z munosabatini bildirish uchun qarsak chaladi, erkak kishi esa tasbeh yoki takbir aytadi.عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ نَابَهُ شَيْءٌ فِي صَلَاتِهِ فَلْيُسَبِّحْ، فَإِنَّهُ إِذَا سَبَّحَ الْتُفِتَ إِلَيْهِ، وَإِنَّمَا التَّصْفِيقُ لِلنِّسَاء. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Kimga namozda bir narsa oriz bo‘lsa, tasbeh aytsin. Chunki tasbeh aytsa, unga iltifot qilinur. Qarsak ayollar uchundir», dedilar».
Uchovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu erda «iltifot» so‘zi lug‘atda «o‘girilib qarash, e’tibor qaratish» ma’nosini anglatadi.
Bu rivoyat avvalgisini ta’kidlab kelyapti. Namozxon erkakka bir zararni daf qilish uchun tasbeh ehtiyoji tushsa, «Subhanalloh» deb, tasbeh aytadi. Ayol kishi esa shu maqsadda qarsak chaladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 21:19 | Savol-javoblar | 174 | Namoz