Suralar o‘qib yurish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, nomoz o‘qimayman, lekin ba’zi bir suralarni bilaman va aynan shu suralarni yurgan yo‘limda ham dilimga kelib dilimdan tilimga chiqadi. Azon aytishni yaxshi ko‘raman va uni ham yurgan yo‘limda, ishda ham aytaveraman. Yurgan yo‘limda azon aytishim dinimizga hurmatsizlik bo‘lib qolmaydimi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz namozni o‘qimasligingiz Allohni hurmat qilmasligingiz bo‘ladi. Alloh sizga besh vaqt namozni buyursa-yu, siz “Sening buyrug‘inga” desangiz. Garchi buni so‘z bilan aytmasangizda namozni tark qilishingiz shuni ifoda qiladi. Tezdan namozni boshlang. Namozni tark qilib qiyomatda Alloh taoloning huzurida javob berishni o‘ylang. bilganlaringizni ham o‘qib yuravering. فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَالَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ 4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki… 5. Ular namozlarini unutuvchilardir. Ya’ni namozning ma’nolarini, hikmatlarini, insonning vijdonini poklashini, qalbda marhamat-shafqatni qo‘zg‘ashini unutganlarning holiga voy! Joyi jahannam! Alloh taolo «Ankabut» surasining 45-oyatida: «…albatta, namoz fahsh va munkardan qaytarur», – degan. Kim namoz o‘qisa-yu, yomon ishlardan qaytmasa, u namozini unutganlar jamoatidan bo‘ladi. Ushbu oyatlarning ma’nosi haqida mufassirlarimiz bir qancha ta’villar aytganlar. Abul Oliya: «Bular namozni o‘z vaqtida o‘qimaydiganlar, ruku’ va sajdalarini yaxshilab, batamom qilmaydiganlar», – degan. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Bu shunday namozxonki, u o‘zi o‘qigan namozidan savob umid qilmaydi va uni o‘qimasa, iqobidan qo‘rqmaydi», – deganlar. Ibn Jarir Tobariy keltirgan rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan ushbu oyat haqida so‘ralganda, «Ular namozni o‘z vaqtidan orqaga suradiganlar», – deganlar. Mufassirlarimiz ushbu jumladagi kelishik qo‘shimchalariga ham alohida e’tibor berganlar. Oyatda «An solatihim saahuun» – «namozlarini unutuvchilar», deyilmoqda, «fii solatihim» – «namozlarida» deyilmayapti. Shundan oyatda munofiqlar haqida so‘z ketayotgani kelib chiqadi. Chunki mo‘min kishi ham namoz ichida ba’zi narsalarni unutishi mumkin. Lekin unutish bilan unutishning farqi bor. Munofiqning namozni unutishi o‘qimaslik, unga e’tiborsizlik qilishi ila bo‘ladi. Mo‘min esa namozning ichida biror narsani unutib, xatoga yo‘l qo‘ysa, sahv sajdasi qilib, darhol to‘g‘rilaydi. Ushbu oyatda zikr qilinganlar munofiqlar ekaniga kelasi ikki oyat ham dalildir. الَّذِينَ هُمْ يُرَاؤُونَ 6. Ular riyo qiladiganlardir. Namoz o‘qisa-yu, namozning haqiqatini unutsa, yomonlik, ig‘vo, bo‘hton, yolg‘onchilik, buzg‘unchilik va boshqa razolatlardan qaytmasa, unday kishi riyokor, munofiq bo‘ladi. Odamlarning ko‘zini bo‘yash, ular huzurida obro‘ topish, o‘zini dindor qilib ko‘rsatish uchun namoz o‘qigan bo‘ladi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:30 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar