G‘usl qilishni bilmaydigan

Assalomu alaykum! Bir suhbatda gapdan gap chiqib yoshi ulug‘ bir inson g‘usl haqida bilmasligi haqida gap chiqib qoldi. Biz unga g‘usl qilish kerak bo‘lgan xolatlarni aytganimizdan keyin ha men ham yuvinib olardim dedi. Va biroz achinarli gapi shu bo‘ldiki "men yuvinib olishim uchun bir choynakkina suv ham etadii" deb qoldi. (Xattoki u aytgan choynakni ham ko‘rdik 4 yoki 5 litr suv sig‘adigan choynak ekan. Men aytgan xolatdagi inson ayol kishi edi. Men ularga nima deyishni bilmayapman. Yoshlari 60-70lar atrofidagi onaxonga qanday tushuntirishni bilmayapman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar g‘usl vojib bo‘lgan bo‘lsayu g‘usl qilmasdan namoz o‘qigan bo‘lsa, o‘sha namozlarni qaytaradi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 21:19 | Savol-javoblar | 133 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar