Gunoxkor bo‘lmaymanmi?

Assalomu alaykum! Men xar kuni kochada ketayotganimda k,úshnilarim tanishlarim sigaret chekib ish kilib turishadi shu payt men xol axvol sorab yaxshimisz xormang yaxshi yuripsizmi deyman ish kilmayotgan payt yaxshimisz charchamayapsizmi deb xol axvol sorab ketaman ular chekib turgan xolatda xol axvol sorasam gunoxkor bolmayamanmi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Salom berishingiz joiz. Ammo ularga qo‘lingizdan kelgancha  nasihat qilishingiz lozim.
Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizdan kim bir munkar ishni ko‘rsa, qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan qaytarsin, ana o‘sha eng zaif iymondir», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 21:30 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar