Vikup arenda

Assalomu alaykum! Men matiz rusumli mashinamni bir insonga bo‘lib berish (vыkup)ga sotgandim. Boshiga bir sum xam olmaganman. Z yilga xar oyiga 150 $ dollardan berishiga kelishdik. 8 oy o‘tib u odam qamalib qoldi. Uyidagilari u qamalgandan keyin 4 oy berib turishdi. Keyin moshina motori buzilib qolganini aytishib manga 1 oy kutib turishni aytishdi. Afsuski mani qarzlarim borligi sabab qarz olgan odamim so‘rab turganligi uchun buni iloji yo‘qligini aytdim. Xozirga kelib ular pul berishdan bosh tortishyapti. Aksincha 1000$ bergan pulimizni qaytarib moiningni olib ket deyishvotti. Masala shundaki bir yil mashinamdan foydalanib, yana man ularga 1000 $ qaytarishim kere ekan. Ko‘chada xozir arenda matiz kuniga kamida 70000 sum. Man pullaringni qaytarmanman bu pullar bir yil mashinadan foydalanganlaring uchun arenda puli deb aytdim. Qonuniy yo‘l bilan moshinamni qaytarvolishimni aytdim. Shu masalada yordam beringlar. Man noto‘g‘ri ish qilmayapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz nohaqsiz.  “Man pullaringni qaytarmayman bu pullar bir yil mashinadan foydalanganlaring uchun arenda puli deb aytdim.” - Bu gapingiz noto‘g‘ri. Mashinani unga sotgan bo‘lsangiz qonuniy yo‘l bilan pulingizni  to‘lashlarini talab qiling. Xohlasalar o‘zlari mashinani sotib sizning qarzingizni to‘lab berishsin. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 21:30 | Savol-javoblar | 170 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar