Maktabdan jumaga borish noqulay bo‘lmoqda
Assalomu alaykum! 1) Men 9 sinfman. Juma kuni darslar 12:45da tugaydi. Men taxoratni maktabda qildim. Lekin oyog‘imni yuva olmadim. Uyga kelib oyog‘imni o‘zini yuvib oldim. Bu taxorat bilan o‘qilgan namoz qabul bo‘ladimi? 2) Juma kungi darslarni qisqartirsa bo‘lmaydimi? Jumaga borishga qiyin bo‘lyapti. Yugurib boryapman yoki taksida boraman. Piyoda borsa savobi ko‘p bo‘ladi axir. Sinf rahbardan vaqtliroq darsdan ketaman desam yo‘q dars vaqtida mumkin emas deydi. Boshqa ustozlar ilm olish eng katta ibotad degan gapga yopishvolishgan. To‘g‘ri, lekin juma namozini ham o‘qish kerakku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Agar oyog‘ingizni juma namozini o‘qib bo‘lganingizdan keyin yuvgan bo‘lsangiz namozingiz durust emas. O‘sha kun uchun peshinning qazosini o‘qib olasiz. Agar oyog‘ingizni yuvib keyin juma namozini o‘qigan bo‘lsangiz tarki sunnat qilgansiz, namozingiz durust bo‘lgan. Tahoratda ketma-ketlik sunnatdir. Sunnatga amal qiling.2). Bu kabi mas’alalarda musulmonlar idorasiga murojaat qiling. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 21:31 | Savol-javoblar | 171 | Tahorat