Taloqdan keyingi nikoh

Assalomu alaykum! Xolam va turmush o‘rtog‘i turmush qurganlariga bir yil bo‘lganda qattiq janjallashib qolishgan va es xushini yo‘qotadigan darajada jaxl ustida telefon orqali uch taloq bo‘lgan. Lekin niyatlari ajrashish bo‘lmagan, aytishlaricha yoshlik qilishgan ekan. Xolam xijobda, namozxon ayollar, qayta nikox o‘qitib ajrashmay yashashgan. Xozir ikki o‘g‘il va ikki qiz farzandlari bor, xammalariga qo‘ldan kelgancha dindan saboq berishgan, odobli, solix va solixa farzandlari. Yaqinda haj safariga navbatga yozilishdi, kunu-tun ibodat qilib Allohdan kechirim so‘rab tavba qilishadi. Ularning xatolari kechiriladimi, oxiratlari kuyib ketmaydimi? Allohni rozi kilish uchun yana nimalar qilishlari kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Allohni rozi qilish uchun nafsiga yoqadigan va yoqmaydigan har bir o‘rinda Allohning hukmiga rozi bo‘lish kerak. Biz ularning asl holatidan mutlaqo bexabarmiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:37 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar