Ota nomahram bo‘lishi mumkinmi?

Assalomu alaykum! Bir o‘rtog‘im bilan doim bir masalada bahslashib qolamiz. Uning aytishiga qaraganda qiz farzand turmushga chiqqanidan so‘ng otasiga ham nomahram bo‘larmish. To‘g‘ri muqaddas kitoblarda qiz bola uchun er misoli jannat kaliti degan takidlar bor, ammo shu qatorda otaning qanchalik ulug‘ zot ekanini ham unutmaslik kerak deb o‘ylayman. Aytingchi uning gaplarida qanchalik jon bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ota nomahramga aylanadi degan gap mutlaqo noto‘g‘ri. Lekin balog‘at yoshiga yaqinlashgach masofani saqlash kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:00 | Savol-javoblar | 136 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar