Mayyit chiqarilmay turib iftor berish xususda

Hurmatli ustozlar, mayit chiqarilmay turib berilgan iftorlikka borish mumkinmi?
2. Qozog‘istonda janozaga borsa janozadan oldin xalqqa osh beradi. Keyin janoza o‘qiladi. O‘tirmaslikka harakat qilamiz. Ba’zida iloji bo‘lmay qoladi. Bunday holda shariatga muvofiq qanday yo‘l tutish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimiz, “inson vafot topgandan keyin eng avvalgi qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni bayon qilib, avvalo mayyitni g‘usl qildiriladi, keyin janoza o‘qilinadi, keyin dafn qilinadi. Keyin merosxo‘rlarning merosini taqsim qilinadi, keyin uch kun aza tutiladi. Azadan keyin etimni, g‘oyibdagini homiladorning homilasini haqqini ajratiladi. Keyin balog‘atga etganlarining xohlagani, xohlaganicha biror kun yoki vaqtni chegaralamasdan biror bir taomni chegaralamasdan xohlagandek ehson qiladi” deydi. Chunki meros taqsimlanmasdan oldin merosxo‘rlar tarafidan qilingan ehsonga vafot etgan kishining taqsimlanmagan haqqi, etimning haqqi qo‘shilib qolsa uni eyish joiz emas. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 20:03 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar