Yozuvli joynomozlar
Assalomu alaykum! Ustozlar, ming bora uzur sizlarni bezovta qilgan bo‘lsam. Hozir juda ko‘p telegram gruppalarda uchratayapmiz har xil yozuvlar yozilgan joynomozlar chiqib qolgan. Masalan “jannatim onam, yaqin insonim uchun, Allohning panohida bo‘ling dadajonim” kabi so‘zlar, ismlar yozilgan. Bu joynomozlarda nomoz o‘qisa odamni ibodatda chalg‘itmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh va rasulining ism sifatlaridan birortasi zikr qilingan bo‘lsa joiz emas. Har xil naqshlar bo‘adigan bo‘lsa asli joiz, kimlarnidir chalg‘itsa boshqasida o‘qisin. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَّى فِي خَمِيصَةٍ لَهَا أَعْلَامٌ فَقَالَ: شَغَلَتْنِي أَعْلَامُ هَذِهِ اذْهَبُوا بِهَا إِلَى أَبِي جَهْمٍ وَأْتُونِي بِأَنْبِجَانِيَّتِهِ. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam belgilari bor xomiysada namoz o‘qidilar va:
«Buning belgilari meni mashg‘ul qilib qo‘ydi. Uni Abu Jahmga olib borib beringlar va menga uning anbijoniyasini olib kelinglar», dedilar».
Uchovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: «Xomiysa» – rangdor, belgilari bor, yopinchiqqa o‘xshash kiyim.
Abu Jahm roziyallohu anhu mashhur sahobiylardan bo‘lib, Omir ibn Huzayfa al-Qurashiydir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xomiysani u kishi hadya qilgan edilar.
«Anbijoniya» – bir xil rangdagi qalin, yopinchiqqa o‘xshash kiyim.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Birov bergan hadyani olish va unda namoz o‘qish joizligi.
2. Joynamoz turli rangli, naqshli va alomatli bo‘lsa, namoz vaqtida namozxonni mashg‘ul qilib qo‘yishi. Bu ish Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan sodir bo‘lganidan keyin boshqalar haqida gapirib o‘tirmasa ham bo‘ladi.
3. Birov bergan hadyani, agar u xafa bo‘lmasligi aniq bo‘lsa, o‘ziga qaytarib yuborib, o‘rniga bosh¬qasini so‘rash mumkinligi.
4. Joynamoz bir xil rangda, sodda bo‘lishi kerakligi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 133 | Administrator