Mujda umidida
Assalomu alaykum! Muhtaram ahli ilmlar, Isro surasining 4-oyatida Alloh taolo «Biz u kitob (Tavrot) da Bani Isroilga, er yuzida ikki marta buzg‘unchilik qilursizlar va katta tug‘yonga ketursizlar, deb bildirdik», deydi.
5 va 6-oyatlardan ularning birinchi katta buzg‘unchiliklari tarixda bo‘lib o‘tgani anglashiladi. Ikkinchi katta tug‘yonlari ham tarixda bo‘lganmi yoki 7-oyatdagi «masjidga avval kirganlaridek kirishlari uchun» deyilganini bugungi kunlarda sionist yahudiylarning Baytul Maqdisga kirishda musulmonlarga qilayotgan aziyatlari, ta’qiqlari, qolaversa Falastin xalqiga, musulmonlarga qarshi qurayotgan o‘yinlari, nayranglarining so‘ngi kelishiga va oyatda aytilganidek, «yuzlarini qora qilinishiga» umid beruvchi bir bashorat, mujda sifatida qabul qilsak o‘rinli bo‘ladimi? Alloh taolo diynimizni va musulmonlarni aziz qilsin, ummatni sunnati mutohharada sobit qilsin, ummat faxri bo‘lgan sizlardek ulamolarimizni ilmlarini ziyoda va foydali qilib, O‘z hifzi-himoyasida asrasin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan 4-oyatda Banu Isroil kishilari ikki bor gunohga botganlar, Rabboniy hukmlarga zid ish qilganlar. Shunda Alloh taolo ularning dushmanlarini ustilariga sulton qilgan. Natijada ular halokatga duchor bo‘lishgan. Birinchi bor shunday voqe’a sodir bo‘lganida ular tavba qilib, yomon amallardan to‘xtashgan va yana Baytul Maqdisni qo‘llariga olishgan. Keyinchalik yana fisq-fujurga berilganlaridan keyin Alloh ularning dushmanlari orqali ularga yana jazo bergan. Qur’oni karimda shu ikki bor fasod tarqatganlarida halokatga uchraganlarini zikr qilgan. Tarixda bu kabi oltita voqe’ani zikr qilingan. 1-voqe’a Sulaymon alayhissalom Masjidul Aqsoni bino qilganlar va obod qilganlar. U zot vafot topganlaridan keyin Baytul Maqdisning hokimi dinsizlik va yomon amallarga berilgan. O‘sha vaqtda Misrning bir podishohi ustilariga bostirib kelib Baytul Maqdisning butun boyliklarini tashib ketgan. Ammo shahar va masjidni vayron qilmagan. 2-voqe’a. Taqriban 400 yil o‘tib Baytul Maqdis atrofida yashovchi yahudiylardan ba’zisi butparast bo‘lib ketishgan. Qolganlari ularga e’tiroz bildirib o‘rtada jang boshlangan. O‘sha ish tufayli Misrning bir podishohi ustiga bostirib kelgan, shahar va masjidning imoratlariga ham nuqson etgan. Shahar xalqi boshiga tushgan kulfatlardan ibrat olib Allohning ibodatiga qaytishgan. 3-voqe’a. O‘sha voqe’adan bir necha yil o‘tib Bobil mamlakatining podishohi Buxtunnasr Baytul Maqdis ustiga bostirib kelgan. Shaharni fath qilib, mol-dunyosi va ko‘plab odamlarini asir qilib olib ketgan va Baytul Maqdisning avvalgi podishhining xonadonidan bir erkak kishini hokim sifatida tayin qilib ketgan. 4-voqe’a. O‘sha tayinlangan podishoh butparast va fisq-fujurga berilgan kishi edi. Buxtunnasrga qarshi chiqdi, u ikkinchi bor ular ustiga lashkar tortib, shahar xalqini qatl qildi, shaharga o‘t qo‘yib kulini ko‘kka sovurdi. Bu hodisa masjid ta’miridan 415 yil o‘tganidan keyin sodir bo‘ldi. Ushbu voqe’adan keyin yahudiylarni Bobilga surgun qilindi, o‘ta darajada xorlikda etmish yil hayot kechirishdi. So‘ng Eron shohi Bobil shohi ustidan g‘alaba qozonib, Bobilni fath qildi. So‘ng Eron shohi surgun qilingan yahudiylarga rahmi kelib, ularni Shom mamlakatiga qaytardi va ularga bir qancha mol-mulk ham berdi. Bu vaqtda yahudiylar gunohdan va yomon amallardan tavba qilib bo‘lishgan edi. Qaytadan Baytul Maqdis atrofiga kelib joylashishdi va avvalgi shaklidagi kabi masjidni bino qilishdi. 5-voqe’a. Yahudiylar Baytul Maqdisga kelib osuda hayot kechirishni boshlaganlaridan keyin g‘uluvga keta boshlashdi. Avvalgi xorliklarini unutishdi, fisq-fujurga mubtalo bo‘lishdi. Iyso alayhissalomning tug‘ilishidan 170 yil avval Antokiya podishohi ular ustiga bostirib keldi. 40.000 yahudiyni qatl qildi, 40.000ni cho‘ri va qul qilib o‘zi bilan birga olib ketdi. Masjidga ham o‘ta darajada behurmatlik qildi. Masjid saqlanib qoldi, ammo keyinchalik u podishohning o‘rniga o‘tirgan podishohlar shahar va masjidni butkul vayronaga aylantirishdi. Biroz muddat o‘tgach Baytul Maqdisga Rum sultonlari o‘z hukmronligini o‘rnatishdi. Masjidni qayta bino qilishdi. Shundan sakkiz yil o‘tib Hazrati Iyso alayhissalom dunyoga keldilar. 6-voqe’a. Iyso alayhissalom tug‘ilib, payg‘ambar bo‘lib tirik hollarida osmonga ko‘tarilganlaridan 40 yil o‘tib, yahudiylar Rum saltanatining podishohlariga qarshi bosh ko‘tarishdi. Rumliklar shahar va masjidni vayron qilib, yana avvalgi vayrona holatiga keltirib qo‘yishdi. O‘sha vaqtda podishohning nomi Tetas(Tyts harflar bilan keltirilgan ekan) edi. U yahudiy ham nasroniy ham emasdi. Undan bir necha yillar o‘tib Kustuntiyn avval nasorolikni ixtiyor qildi. Undan keyin Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning zamonalarigacha masjid vayron holatda turdi. Hazrati Umar roziyallohu anhu uni ta’mirladi. Bu olti voqe’a Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayhning “Bayonul Qur’on” tafsirida “Tafsiri Haqqoniy”dan havola qilingan. Qur’oni karimda zikr qilingan ikki voqe’a olti voqe’adan qaysi biri ekanligini tayin qilish mushkul. Ko‘plab ulamolar o‘sha ikki fasod to‘rtinchi va oltinchi voqe’alar sodir bo‘lgan vaqtdagi fasod tarqalishi – deyishgan. “Tafsiri Qurtubiy”da Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhuning rivoyati bilan uzun bir marfu’ hadis rivoyat qilingan hadisda quyidagicha keladi: Huzayfa roziyallohu anhu: Men “Baytul Maqdis Alloh taoloning nazdida qadri oliy masjid-a” dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “U dunyo uylarining orasida eng mumtoz va qadri oliy bir uydir. Alloh taolo uni Sulaymon alayhissalomga oltin-tillo, qimmatbaho gavhar, yoqut va zumrat toshlardan qurdirgan. Sulaymon alayhissalom uin qurishni boshlaganlarida Alloh taolo jinlarni u kishiga bo‘yinsundirib bergan. Barcha qimatbaho oltin va kumushlarni ularga keltirtirgan va masjid qurdirgan” dedilar. Men “O‘sha oltin kumush va qimmatbaho toshlar qaerda va qanday yo‘q bo‘lgan” dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Banu Isroil Alloh taologa itoatsizlik qilib, gunoh va fisq-fujurga mubtalo bo‘lganida, payg‘ambarlarni ham qatl qilishdi. Alloh taolo ularning tepasiga Buxtnnasr nomli podshohni keltirdi. U majusiy bo‘lib, etti yil Baytul Maqdis ustidan hukmronlik qildi. Qur’on karimdagi ushbu oyatdan shu voqe’a iroda qilingan: فَإِذَا جَاء وَعْدُ أُولاهُمَا بَعَثْنَا عَلَيْكُمْ عِبَادًا لَّنَا أُوْلِي بَأْسٍ شَدِيدٍ فَجَاسُواْ خِلاَلَ الدِّيَارِ وَكَانَ وَعْدًا مَّفْعُولاً 5. Bas, o‘sha ikki(buzg‘unchilik)dan birinchisining va’da vaqti kelganda, ustingizga shiddatli kuch-qudratga ega bandalarimizni yuboramiz. Bas, hovli-joylar oralab izg‘iydilar. Bu va’daning ijrosi edi. Buxtunnasr lashkari Baytul Maqdisga bostirib kirdi. Erkaklarni qatl qildi, ayol va bolalarni asirga olib, Baytul Maqdisdagi butun olin-kumush va qimmatbaho toshlarni 170.000 ulovga yuklab o‘z yurti Bobilga olib ketdi. 100 yilgacha Banu Isroilni qul qilib turli mashaqqat va ishlarga majburladi. So‘ng Alloh taolo Fors podshohlaridan birini Bobilga qarshi qildi. U Bobilni fath qildi va Banu Isroilni Buxtunnasr asirligidan ozod qildi. Baytul Maqdisdan keltirilgan barcha boyliklarni Baytul Maqdisga qaytardi va Banu Isroilga: “Agar yana itoatsizlik va fisq-fujurga qaytsanglar biz ham sizlarni qatl qilish va asirga olish azobini qaytaramiz” deyishdi. Alloh taoloning: عَسَى رَبُّكُمْ أَن يَرْحَمَكُمْ وَإِنْ عُدتُّمْ عُدْنَا وَجَعَلْنَا جَهَنَّمَ لِلْكَافِرِينَ حَصِيرًا 8...Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz. Va jahannamni kofirlarga zindon qilganmiz” oyatidan shu iroda qilingan. So‘ng Banu Isroil Baytul Maqdisga qaytdi, butun boyliklarni ham o‘z qo‘llariga olishdi. So‘ng gunoh va fisq-fujurga yana qaytishdi. Shu vaqt Alloh taolo ularga Rum podshohi Qaysarni ustilaridan sulton qildi. Qur’oni karimdagi: فَإِذَا جَاء وَعْدُ الآخِرَةِ لِيَسُوؤُواْ وُجُوهَكُمْ وَلِيَدْخُلُواْ الْمَسْجِدَ كَمَا دَخَلُوهُ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَلِيُتَبِّرُواْ مَا عَلَوْاْ تَتْبِيرًا 7. Agar yaxshilik qilsangiz, o‘zingiz uchun yaxshilik qilasiz. Agar yomonlik qilsangiz ham, o‘zingiz uchundir. Bas, keyingi(buzg‘unchilik)ning va’da vaqti kelganda, yuzingizni qora qilishlari uchun, masjidga avval kirganlaridek kirishlari uchun va egallagan narsalarini tamoman parchalashlari uchun (bandalarimizni yuborurmiz)” oyatidan voqe’a iroda qilingan. Rum podshosi quruqlik va dengiz ikki yo‘l orqali ularga jang qildi. Kishilardan ko‘pini qatl qildi, qolganlarini asir oldi va Baytul Maqdisning barcha boyliklarini 170.000 ulovga yuklab olib ketdi va o‘zlarining “Kanisatuz Zahab” degan joylariga qo‘yishdi. Bu barcha boylik hozirgacha o‘sha erda turadi. Qiyomatga yaqin imom Mahdiy uni Baytul Maqdisga 170.000 ulovda qaytarib olib keladi va o‘sha joyda Alloh taolo avvaliyn va oxiriyn hammani jamlaydi” dedilar. Qurtubiy o‘zlarining tafsirlarida rivoyat qilganlar. Biz uni uzun bo‘lib ketmasligi uchun ma’nosini rivoyat qilib keltirdik. Falastin xalqining boshiga kelgan bu balolar o‘sha erda Allohning buyruqlariga itoatsizlik qilganlari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning boshqa joylardagi kabi sunnatlaridan yuz o‘girganligi tufaylidir. Xulosa qilib aytsak Baytul Maqdis ahli Alloh taologa itoat qilishda bardavom bo‘lsalar dinu-dunyoda zafar topadilar. Dindan yuz o‘girsalar xorlikka duchor bo‘ladilar, kofirlar ular ustidan g‘olib bo‘lib, jonu-mollariga talofat etadi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 14:57 | Savol-javoblar | 145 | Qur’oni karim