Xufton vaqti
Assalomu alaykum! Hurmatli hayat a’zolari. Namoz o‘qishni yaqinda boshladim. Bizning masjidimizda xufton namozi vaqtidan 10-15 daqiqa avval o‘qilar ekan. Taqvimga ko‘ra viloyatimizga xufton vaqti Toshkent vaqtidan 11 daqiqa keyin kiradi. Qachon vaqtida borsam vitr namozi o‘qilayotgan bo‘ladi yoki tugagan bo‘ladi. Keyin xuftonni uyda o‘qiydigan bo‘ldim. Lekin shuncha odam nega bunga etibor berishmaganiga hayronman. Maslahat bering. Nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shomniki undan to shafaq g‘oyib bo‘lguncha. U qizg‘ishlikdir va bunga fatvo berilgandir.
Xufton va undan keyin vitr – ikkisi ham mazkur vaqtdan to fajrgachadir. (“Kifoya” kitobidan).
Abu Hanifa rohimahullohning qavllariga ko‘ra shomning vaqti qizil shafaq g‘oyib bo‘lgunchadir. Shogirdlari “oq shafaq yo‘qolguncha” deganlar. Shunga ko‘ra ehtiyotan oq shafaq g‘oyib bo‘lguncha kutib turiladi. Fatvo berilgan qavlga ko‘ra, qizil shafaq g‘oyib bo‘lishi bilan xufton vaqti kirgan bo‘ladi. Siz aytgan taqvimda berilgan vaqtda qizil shafaq g‘oyib bo‘lgan bo‘ladi. Va fatvo berilgan qavlga ko‘ra xuftonning vaqti kirgan bo‘ladi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:28 | Savol-javoblar | 164 | Namoz