Oyoq yuvish
Assalomu alaykum! Mani oyog‘imda shpora degan kasallik bor ,yani tovonda suyak usgan.5 maxal oyoq yuvsam og‘riq qo‘zg‘aydi. Savolim: 1.Taxorotdan sung paypoq kieb, shu paypoqni nomoz vaqti echib nomozni o‘qib bulib yana tezda kiyb olsam va keyngi nomozlardayam echib uqib kiysam buladimi?. 2.Yoki usha paypqni echib shu onda toza ugi kieb nomozi uqib bulib,ugini echi queb yana shu erni o‘zida paypoqni kieb olsam bo‘ladimi?. 3.Yoki paypoqqa masx tortib kegin uni echib nomoz o‘qib bulib yana paypoqni kiesam bo‘ladimi.Rahmat sizlarga, sog‘ omon bo‘lizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz “namozni paypoqni echib o‘qiydi” degan fikrda bo‘lsangiz bu xato. Aksincha ayol kishi sharvari kaltaroq bo‘lsa(odatda hozir aksari shunday) paypoq kiyib tshpiqlarini ham ko‘rsatmasdan o‘qishi shart. Mahsido‘stlarrga buyurtma bersangiz o‘sha o‘sgan suyakni e’tiborga olib mahsi tikib berishadi. Bir tahorat qilib mahsini kiyib olib besh mahal namozga mash tortib o‘qiyverasiz. Paypoqq mash tortish joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:17 | Savol-javoblar | 160 | Tahorat