Dinsizlar

Assalomu alaykum! Dinsizlar tsivilizatsiya bormagan joylar avom odamlar qiyomatda holi nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gap musulmon oilada yoki g‘ayridin oilasida tug‘ilishda emas. Haq etib borganida uni qabul qilish yoki qilmaslikdadir. Musulmon oilasida, dindor oilada tug‘ilib har kuni haqni eshitib uni qabul qilmasdan kofir va mushrik bo‘lib o‘lib ketayotganlar qancha. Butparastni xonadonida tug‘ilib katta bo‘lib, haqni qidirib, topib musulmon bo‘lib vafot topayotganlar qancha. عَنْ تَمِيمٍ الدَّارِيِّ ، قَالَ : سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ , يَقُولُ : " لَيَبْلُغَنَّ هَذَا الدِّينُ مَا بَلَغَ اللَّيْلُ وَالنَّهَارُ ، وَلا يَتْرُكُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ بَيْتَ مَدَرٍ وَلا وَبَرٍ إِلا أَدْخَلَهُ اللَّهُ هَذَا الدِّينَ ، بِعِزِّ عَزِيزٍ أَوْ بِذُلِّ ذَلِيلٍ ، عِزٌّ يُعِزُّ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ بِهِ الإِسْلامَ ، أَوْ ذُلٌّ يُذِلُّ بِهِ الْكُفْرَ. رواه أحمTamim Doriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning : “Bu din tun va kun etib borgan joyning hammasiga albatta etib boradi. Alloh shahar, qishloqdagi va cho‘ldagi uylarni birortasini ham qoldirmay ularga bu dinni kirgazadi. Azizni aziz bo‘lishi bilan va xorni xor bo‘ishi bilan(dinga kirgan kishi) bir azizlikdir. Alloh u bilan Islomni aziz qiladi. (qabul qilmagan kishi) Bir xorlikdir, Alloh u bilan kufrni xor qiladi” deyayotganlarini eshitdim".
Ahmad rivoyati.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu va’dalariga binoan hozirgi kunda har bir xonadonga ogohlantiruvchi kirib kelib bo‘lgan. Xonadon ahliga ogohlantiruvchiga e’tibor berish yoki bermaslik qolgan xolos. Ilm olishga imkoni bo‘la turib, iml olmagan va unga amal qilmagan kishi bilib turib amal qilmagan kishi, bilan barobardir. Qiyomatda “men bilmaganman” degan gapi o‘tmaydi. Hozirgi kunda esa din kirib bormagan joy, xonadon va u haqida eshitmagan inson qolmadi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 22:15 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar