O‘quv markazi

Assalomu alaykum! Bizning o‘quv markazda o‘quvchi va markaz o‘rtasida shartnoma bor. 1. Unda to‘lov oldindan olinadi. 2. agar o‘quvchi 3 ta besabab dars qoldirsa u guruhdan chetlatiladi va shu oy uchun puli qaytarib berilmaydi. 3. Agar o‘quvchi darslarga oylik to‘lovni amalga oshirsa lekin 3 ta darsdan so‘ng o‘qishni davom ettirmasligini aytib pulini qaytarib olmoqchiligini aytsa ham qaytarilmaydi (3 ta dars ichida bo‘lsa qaytariladi). Albatta bular darslar boshlanishidan avval oyning boshida tushuntirilib shartnoma qo‘llariga beriladi uni o‘zlari va ota onalari o‘qib imzolashadi. Shular mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Imkon boricha pulni qaytraishga harakat qiling.2). Joiz emas. Shartnoma o‘quv markaz tarafidan bekor qilinganda, o‘quvchiga pulni qaytarish lozim.3). Imkon boricha pulni qaytraishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 22:15 | Savol-javoblar | 144 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar