Ro‘zg‘ordagi irim- sirimlar
Assalomu alaykum! Quyidagi keltirganlarim irimmi yo haqiqat, anglab etishimga yordam bersangiz, iltimos 1. Chaqaloq barmoqchalarida paxta matoli kiyimidan paxtachalar yig‘iladi, bu shayton qurgan in ekan 2. Har kun ertalab darvozani bir ochib yopish kerak, shunda uyga farishtalar kiradi 3. Qozon ichidagi ovqatni doim boshqa idishga bo‘shatish kerak, kechasi baraka keladi, aks holda yo‘q 4. Chaqaloq esnaganda "Alloh esnagan" deyish kerak 5. Uydagi islar shayton qurgan in, uyqu chaqiradi 6. "Shayton" so‘zini aytish mumkin emas, u kelib qolishi mumkin. Hech bolmasa "Sh" deyish kerak
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birortasi ham haqiqat emas. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 22:36 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birortasi ham haqiqat emas. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 22:36 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush