Namozni jamlab o‘qish haqidagi ikki hadis
Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari.Hurmatli ustoz, Sunani Termiziyda 187-raqamli hadis yuzasidan sizga savol bermoqchi edim. Hadis quyidagicha:Rasululloh sollallohu alayhi vassalam xavf -xatar va yomg‘ir bo‘lmay turib, Madinada peshin bilan asr namozini hamda shom bilan hufton namozini jam qildilar (qo‘shib o‘qidilar). Ibn Abbosdan: Bu bilan Rasululloh sollallohu alayhi vassalam nimani murod etdilar deb, so‘raldi. Aytdi: Ummatlarga qiyinchilik bo‘lmasligini murod etdilar". Demak, shu hadisdan kelib chiqib hafv-hatar va yomg‘ir bo‘lmagan holatda peshin bilan asrni va shom bilan huftonni bir vaqtda jamlab o‘qisa (yo taqdim yo taahir yo‘li bilan) bo‘ladi degan xulosaga kelish mumkinmi? Lekin men Abu Hanifa rahmatullohu alayhi Arofot va Muzdalifadan boshqa hech qaerda va hech qanday holda jam qilmoq mashru emas degan qavllarini bilaman. Shu hadisni orqasidan Imom Termiziyni o‘zlari ham (188-hadis) Nabiy sollallohu alayhi vassalam aytdilar: "Kimki ikki namozni uzrsiz holda jam qilsa (qo‘shib o‘qisa) shubhasiz u gunohi kabiralarning eshiklaridan bittasiga qadam bosgan bo‘ladi" degan hadisni keltirganlar.Shu hadislarni qaysi biriga amal qilganimiz afzal. Ulardan biri zaif hadismi?Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizga tashakkur. So‘raganingiz hammamiz uchun foydali bo‘ldi. Ba’zi birlarga o‘xshab o‘zimizcha turli gaplarni aytganimiz ma’qul bo‘lmaydi. Hadis ilmi keng, chuqur va nozik ilm. Bu ilm o‘zida bir qancha shoxobcha ilmlarni o‘zida jamlagan. Biz ilmdan uzoq bo‘lganimiz uchun mazkur ilmlarning nomini ham ko‘pimiz bilaymiz. Asta-sekin ularni o‘rganib bormoqdamiz. Alloh bu ishimizda O‘zi madadkor bo‘lsin.Siz aytgan hadisni imom Termiziydan boshqa muhaddislar ham rivoyat qilishgan. Ulamolarimiz uni atroflicha o‘rganishgan. Lekin hech kim unga amal qilish kerak degan emas. Balki uni to‘g‘ri tushuntirishga harakat qilishgan.Ulamolarning ko‘plari bu hadisdagi ikki namozning jamlanishi suvri jamdir deganlar. Ya’ni, «Suratdagi jam». Bunga binoan Peshin va Shom namozlari oxirgi, Asr va Xufton namozlari oldingi vaqtda o‘qilgan bo‘ladi. Chunki Peshinning vaqti chiqishi bilan Asrning, Shomning vaqti chiqishi bilan Xuftonning vaqti kiradi. Ammo buni odat qilib olishga ruxsat yo‘q.
27 Aprel 2022, 09:29 | Savol-javoblar | 214 | Namoz