Shom nomozidan keyingi zikrlar
Assalamu alaykum ustozlar, Shom nomozidan keyingi zikrlar haqida to‘liqroq ma’lumot bersangizlar. Ko‘p javoblarni o‘qidim uncha tushuna olmadim. Qur’on o‘qilmaydi deb o‘qidim, “Oyatul kursi”, tasbehlarchi? Albatta bu hammasi uyda nomoz o‘qilganda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shomdan keyn o‘qilishga targ‘ib qilingan amal avvabin namozidir. Boshqa amallar borasida ixtiyoringiz.
Avvaabiyn namozi.
Bu namoz shom namozidan keyin o‘qiladi va olti rak’at bo‘ladi. Avval to‘rt, keyin ikki rak’at yoki ikki-ikki rak’atdan qilib o‘qiladi.
Alloh taolo Isro surasida:
«Albatta, U sertavbalar uchun sermag‘firatdir», degan (25-oyat).
Imom Tabaroniy Ammor ibn Yasir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim shomdan keyin olti rak’at namoz o‘qisa, agar dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham, gunohlari mag‘firat qilinur», dedilar».
«Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim shomdan keyin olti rak’at namoz o‘qisa, avvaabiynlardan (tavba qiluvchilardan) deb yozilur», dedilar». Vallohu a’lam.
30 Aprel 2022, 12:11 | Savol-javoblar | 194 | Namoz