Bir insonning yaxshiliklari uchun boshqalarni ham Alloh kechiradimi

Assalomu alaykum! Alloh bir insonning yaxshiliklari uchun boshqalarni ham kechiradimi. Bir rivoyat borki bir inson 2marta loyga yiqilib tushganida ikki marta ham Allohga hamd aytadi. Shundan 3-marta shayton yo‘liga chiroq yoqib turgan boladi va shayton ekanligini aytadi. Alloh 1-marta hamd aytganida o‘ziningva yaqinlarining. 2-marta hamd aytganida butun shahrining gunohlarini kechirganini aytadi. 3-marta hamd aytsa butun insoniyatni gunohlarini kechirishidan qo‘rqqanini aytadi. Savolim 2ta. 1. Bu rivoyat saxixmi. 2. Alloh bir bandasini yaxshi amali uchun boshqalarni ham kechiradimi yoki to‘laqonli hamma o‘zi uchun o‘zi javob beradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu to‘qima rivoyat. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 23:52 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar