Ota onaga atab namoz

Assalomu alaykum! Savolni dadamni nomidan beryapman. Otam Onam o‘tib ketishgan. Ota Onaga bag‘ishlab qanday namoz o‘qisam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz ota-onaga atab o‘qilmaydi. Balki xolis Alloh uchun o‘qiladi. Agar siz ibodatning savobini ularga bag‘ishlashni so‘rayotgan bo‘lsangiz bu joiz. Agar ularning hayotlik davrlarida o‘qiy olmagan qazo namozlari bo‘lsa, ularning fidyalarini ado qilsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
Fidya haqida quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing:https://fiqh.uz/maqola/692

14 May 2022, 00:04 | Savol-javoblar | 155 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar