Imtixon

Assalomu alaykum! 7 yilcha oldin men bir kishini o‘qishga kirgizishni kelishib pulni 50 foizini oldindan oldim. Ukishga kirsa qolkan yarmini berishi kerak edi. Ukishga kirdi ammo o‘qimadi pul xam bermadi. Men xam boshidan olgan pulimni qaytarib bermadim. Chunki olgan pulimni fanlarni ishlaganlarga berdim. Qilgan ishim gunox ekaligidan xabar topdim Alloh kechirsin. Savolim: kimning xaqqi kimda qolib ketdi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qilgan ishingizga tavba qiling. Olib bo‘lgan pulingizni egasiga qaytarib bering. Qolgan yarmini olmang. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:04 | Savol-javoblar | 138 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar