Kvartira qarzini uzish uchun puldan zakot

Assalomu alaykum! Men yangi qurilayotgan uylardan farzandlarimga atab 2ta xonadan sotib olganman. Ulardan biriga xali qarzim bor. Savol: 1) Shu qarzni yopish uchun yig‘ib qo‘ygan pulimdan zakot beramanmi? 2) Ikkinchi uyimdan qarzim yo‘q, u uydan xam zakot beramanmi? Ma’lumot uchun: u ikkala uy xam xali qurib bitkazilmagan, maqsadim bitgandan so‘ng ijaraga odam qo‘yish, bir kun kelib agar taqdir taqazo qilib pul zarur bo‘lsa sotib yuborishim xam mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Agar nisobga etgan va bir yil to‘lgan bo‘lsa uy uchun yig‘ilgan puldan ham zakot berishingiz shart.2). Uyni sotish yoki pulni band qilish niyatida olmagan bo‘lsangiz uning qiymatidan zakot chiqarmaysiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 19:55 | Savol-javoblar | 178 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar