Sajdada boshqa zikr

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sajdada qanday zikrlarni aytganlar? Sajdada faqat Subhana Robbiyal A’la aytilishi shartmi yoki boshqa ismlari bilan zikr qilsa ham bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshqa ismlari bilan zikr qilsa sunnatga xilof ish bo‘ladi. Hadisda quyidagicha kelgan: عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا رَكَعَ أَحَدُكُمْ فَقَالَ فِي رُكُوعِهِ سُبْحَانَ رَبِّيَ الْعَظِيمِ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ فَقَدْ تَمَّ رُكُوعُهُ وَذَلِكَ أَدْنَاهُ، وَإِذَا سَجَدَ فَقَالَ فِي سُجُودِهِ سُبْحَانَ رَبِّيَ الْأَعْلَى ثَلَاثَ مَرَّاتٍ فَقَدْ تَمَّ سُجُودُهُ وَذَلِكَ أَدْنَاهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Birortangiz ruku’ qilsa-yu, so‘ngra ruku’si¬da «Subhana robbiyal aziym» deb uch marta aytsa, batahqiq, ruku’si mukammal bo‘ladi. Bu eng ozidir. Qachon sajda qilsa-yu, so‘ngra sajdasida «Subhana robbiyal a’la» deb uch marta aytsa, batahqiq, sajdasi mukammal bo‘ladi. Bu eng ozidir», dedilar».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:13 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar