juda aynchli ahvoldaman

Assalomu alaykum Shayh hazratlari men juda ayanchli ahvolda qoldim bizning kichkina mahalla masjidimizdagi ahvol juda qiynab yubordi men u masjiddagi ahvolga chiday olmayman 20 ta nomozhon bo‘lsa shundan 17 tasi nos sigaret chekuvchilar nos sigaret cheksa menga qizig‘i yo‘g‘u o‘ziga zarar qiladi. Men ko‘p bomdod namozida ogohlantiraman hurmatli birodarlar qo‘yinglar shuni deb hamma zararlarini sanab o‘taman lekin qaytish o‘rniga aksi bo‘ldi ustoz hozir masjid hovlisida chekib o‘tirishadi yana honaqoh oldidagi hona qishni kunida nomozhonlar chekish honasi bo‘lib qoldi men hoy odamlar hudodan qo‘rqinglar ollohni uyini ho‘rlamanglar desam yosh bola o‘zi chekmaydida deyishibdi men o‘zim yosh bo‘lsam ham masjid imomiman men qiyomatda bu insonlar orqasidan jovobga qolishni hohlamayman. Ustoz bu holatni qanday izga solay yo masjidga kirmay qo‘yaqolaymi unday degani boshqa QURON o‘qigan odam yo‘q nima qilay yordam bering
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ularga nasiyhat qilishda davom eting. O‘sha odamlarga gapi o‘tadigan ta’sirli kishilardan yordam so‘rang.

27 May 2022, 05:40 | Savol-javoblar | 148 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar