Namozda qo‘llarning holati
Assalomu alaykum! Namozda qo‘lni kindik pasiga qo‘yib o‘qishlik kerak ekan. Haj va Umradagi imomlarning ko‘plari qo‘llarini yuqoriga, ya’ni kindikdan tepaga qo‘yib o‘qishadi. Bir inson aytishlaricha u erdagi imomlarning ko‘pi vaxxobiy ekan shuning uchun Haj va Umraga borganlar ehtiyotdan qaytib namoz o‘qib olishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha "bir inson"ni gaplariga e’tibor bermang. Namozda qo‘lni kindik ostiga yoki ustiga qo‘yish mazhablar orasidagi ixtilofli masala, har mazhabning o‘zini dalili bor bo‘lib, u bilan namoz buzilmaydi ham qayta o‘qish ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 00:13 | Savol-javoblar | 145 | Namoz