Namoz haqida savollarim
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ilohim ilmingizni bundan xam ziyoda qilsin! Men sizlarni ushbu saytingiz orqali ibodat qilishga oid ko‘p narsalarni o‘qib o‘rganib ibodatlarimni bundan ham ziyoda bo‘lishi uchun xarakat qilmoqdaman. Buning uchun sizlarga o‘z samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Men yana quyidagi savollar bilan murojaat qilmoqchiman:
1). Jamoat bilan masjidda nomoz o‘qiganimda nomozni boshlanishi oldidan takbir aytilayotgan vaqtda ko‘pincha orqamga qarasam yoshi ulug‘, taqvador nomozxonlar turganligini ko‘raman va ular oldida men oldingi safda turib nomoz o‘qishimga noqulay bo‘lmoqda. Bunday xolatlarda men o‘z o‘rnimni ularga bo‘shatib ikkinchi safga o‘tib olsam, men safni tark etgan bo‘lmaymanmi?
2). Men ibodat qilishni yaqinda boshlaganligim uchun menda xozir nomozni o‘rganishga oid 3-4 ta kitoblarim bor, ularning birida nomozni oxirida o‘qiladigan «Solli» zikrini boshlanishida Alohumma salli ’alo Muxammadin va ’alo oli Muxammad…. deb yozilgan. Lekin ikkinchi kitobda esa Alohumma solli ’alo Muxammadin va ’alo ali Muxammad……. deb yozilganligi uchun o va a xarflari almashib kelmoqda. Shuning uchun menda biroz ikkilanish bo‘lmoqda. Ba’zi bir qori akalardan so‘rasam ikalasini xam o‘qiyvering bo‘laveradi deyishyapti. Shunday qilsam to‘g‘ri bo‘ladimi? Yuqoridagi savollarni yozishda qilingan xato va kamchiliklarimga uzr so‘rayman. Beriladigan javob uchun oldindan minnatdochilik bildiraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Masjiddagi joy muboh bo‘lib, kim birinchi kelsa o‘sha joy uning haqqi bo‘ladi. Joyingizni birovga berish yoki bermaslik ixtiyoringiz. 2). Allohumma solli alaa Muhammadin va alaa aali Muhammad – deb o‘qisangiz to‘g‘ri bo‘ladi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar