Savob deb o‘ylabman

Men sizning ma’ruzalaringizni “tarqatsa savob bo‘ladi” deb o‘ylab, qiziqqan yaqinlarimga berib yurar edim. Endi bilsam, ularni sizning ruxsatingizsiz ko‘paytirib berish mumkin emas ekan. Iltimos yaqinlarim Islomni yaxshi tushunishlari uchun ularga tarqatishga ruxsat bering.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ustiga ko‘chirish mumkin emas, deb yozilganlarni alohida muassasa chiqaradi. Ular ruxsat olish uchun diniy qo‘mitaga katta miqdorda pul to‘lashadi, davlatga soliq to‘lashadi. Ruxsat ularning qo‘lida. Oddiy holatda odamlar o‘zlari yozib olishgan bo‘lsa, mayli.

26 May 2022, 17:09 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar