Majburiymi
Assalomu alaykum! Bilamizki Nikoh sunnat va erkak ummatlar uylanishi shart uylanmasa Payg‘ambarimiz meni ummatimmas degan. Lekin dunyodagi hammani ahvoli kelib chiqishi va prablemalari har hil hamma 1 hilmas. Misol meni uylanishga sharoitim bor ham moliyaviy ham jinsiy tomondan tayyorman. Sog‘ligimda va ongimda kamchilik yo‘q. Lekin men uylanishni hohlamayman. Ustozlar meni qandaydir kasali bor yoki ayol sifat deb o‘ylamang iltimos. Meni uylanishni hohlamasligim sababi oilamni Aurasi meni uylanishimga yo‘l qo‘ymaydi. Ochiqchasiga aytadigan bo‘lsam ota onamdan va opachamdan va ichkuyov pochchamdan uyalaman. Ularni qiliqlari aytadigan gaplari va hk. Ularni deb ko‘p joyda sharmanda bo‘lganman. 1 qizni bunaqa yurish turishi gaplari qiliqlari va aurasi buzuq oilaga olib kelib hayotini barbot qilish niyatim yo‘q. 2 chidan bolaligimdan beri yomon aurali oiladan o‘sib ruhan ezilganim uchun va qiynalganim uchun odamlarni yomon ko‘raman. Kimdir sal hazillashsayam qizishib ketib mushtlashib ketadigan paytlarim ham bo‘ladi. Odamlarga kamdan kam qo‘shilaman chunki odamlardan nafratlanaman. Talabalar turar joyida mendan boshqa talabalar meni Ular bilan jamoat namozini o‘qishga chaqirsa qo‘shilmayman shunchalik odamlardan nafratlanganim uchun 1 o‘zim o‘qiyman (Juma namozidan tashqari). Shu nafratim sababli universitetdan 1 2 martta achislenya bo‘lishimga sal qoldi. O‘qishga kirganligim sababli oilam ota onamdan uzoq bo‘lib ozgina ovundim. Qisqasi o‘zimdan o‘tvotganini va o‘zimni ichimdan o‘tvotganini o‘zim bilaman. Bu sizlarga prablemalarni aytishmas shunchaki vaziyatni tushuntirish. 1) Payg‘ambarimiz "nikohlanishni hohlamagan meni ummatimmas" degan bo‘sa shunda men kofirmanmi? 2) meni uylanishim shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uylanmasangiz kofir bo‘lmaysiz. Ammo masalangizni echimi ham bu emas. Siz o‘zingizni isloh qiling, Allohning rahmatidan noumid bo‘lmay biror ishonchli ustozni ushlab ilm o‘qing. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 01:19 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uylanmasangiz kofir bo‘lmaysiz. Ammo masalangizni echimi ham bu emas. Siz o‘zingizni isloh qiling, Allohning rahmatidan noumid bo‘lmay biror ishonchli ustozni ushlab ilm o‘qing. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 01:19 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar