Muxandislik

Assalomu alaykum! Men qurilish soxasi bo‘yicha muxandis bo‘lib ishlayman. Odatda bizga tanigan va tanimagan insonlardan soxamiz bo‘yicha zakaz ishlar kelib tushadi, ya’ni binolarni konstruktsiyasini xisoblab, chizib, ishlab berish. Lekin biz bu ishlarni pora berib yoki pora bermasdan olinganini bilmaymiz. Agar bizga bergan inson pora berib bu ishni olgan bo‘lsa va bizga ishlab berishga bersa, bizni mexnat xaqqimizning xukmi qanday bo‘ladi. Odatda bizga keladigan ishlar 2 yoki 3 odamdan o‘tib keladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aniq bilmasangiz ishni qabul qilib bajaravering. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 01:19 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar