Xina qo‘yish haqida
Assalomu alaykum! Hozirda qo‘lga xina qo‘yish juda urfga kirmoqda. Savolim shundan iboratki, kaftning ustiga har xil naqshlar bilan xina chizish halol yoki harommi? Bu haqida payg‘ambarimiz nima deganlar? Qo‘lga xina qo‘yish haqida hadislarda kelganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bu nomahramlarni o‘ziga jalb qiladigan bo‘lmasligi va qolaversa fosiqa ayollarga o‘xshab qolmasligi ham kerak. Hina qo‘yishga kelsak erkak kishi bilan ayol kishining qo‘li farq qilib turishi kerak. وَ عَائِشَةُ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: أَوْمَتِ امْرَأَةٌ مِنْ وَرَاءِ سِتْرٍ بِيَدِهَا كِتَابٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَبَضَ يَدَهُ، فَقَالَ: مَا أَدْرِي أَيَدُ رَجُلٍ أَمْ يَدُ امْرَأَةٍ؟ قَالَتْ: بَلْ يَدُ امْرَأَةٍ، قَالَ: لَوْ كُنْتِ امْرَأَةً لَغَيَّرْتِ أَظْفَارَكِ بِالْحِنَّاءِ. رَوَاهُمَا أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّOisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Bir ayol parda ortidan qo‘li ila Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga maktub uzatdi. Bas, u zot qo‘llarini tortdilar va:
«Bilmadim, bu erkakning qo‘limi, ayolning qo‘limi?» dedilar.
«Ayolning qo‘li», dedi u.
«Ayol bo‘lsang, tirnoqlaringga hinno qo‘yib olsang bo‘lmasmidi», dedilar u zot».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Yaqqol ko‘rinib turibdiki, Islomda ayol kishilarning o‘zlariga qarashlariga, go‘zallik va latofatlarini turli yo‘llar bilan saqlash, parvarish qilishlariga katta e’tibor berilgan. Haddan oshmay, me’yorida pardoz ishlarining o‘rniga qo‘yilishi targ‘ib qilingan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 01:31 | Savol-javoblar | 276 | Hadislar