Aqiqa qo‘yni kilosiga pul berish

Assalomu alaykum! O‘g‘limga aqiqa qilgandim. Ikkita qo‘y qarindoshimdan olgandim. Qarindoshim qo‘ydi menga qimmat yoki arzon sotib qo‘ymaslik maqsadida bozor narhida kilogrammiga qarab pulini berasiz, siz ham men ham kuymaylik degandi. Aytganidek kelishib ikkita qo‘yni oldim va chiqqan kilosiga qarab pulini berdim. Shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘la sotib olmasdan so‘yilsa oddiy jonliq so‘yish hisoblanadi. Aqiyqa va qurbonlikka jonivorni avval to‘liq sotib olib o‘zingizga mulk qilib keyin so‘yiladi. So‘yib bo‘lib qancha chiqsa go‘shtni pulini beraman desangiz hali savdo bitmagan, ya’ni hayvon hali sizni mulkingizga o‘tmagan bo‘ladi. Bu aqiyqa bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 04:27 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar