Abu Hanifa haqida

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuhu!Alloh taborak va taologa hamdlar, Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo Rasululloh sollallohu alayhi vassalamga salovotlar bo‘lsin!Xurmatli Shayx Xazratlari!Hasan ibn Amora Abu Hanifani kafanlab qo‘yilgan jasadlariga qarab: "Alloh sizni rahmat qilsin, mag‘firat aylasin. O‘ttiz yildan beri ro‘zasiz yurmadingiz. Qirq yil kechasi yonboshingiz ko‘rpa ko‘rmadi. Sizdan keyin kelganlarni charchatdingiz. Qorilarni sharmanda qildingiz". degan ekan.(Aqoid ilmi va unga bog‘liq masalalar. 178-bet)Xazrat buni tushunmadim. Tushunishimga yordam bersangiz. Bunda majoziy ma‘no bormi?Alloh qilayotgan ezgu ishlaringizda yordam bersin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu Abu Hanifa rahmatullohi alayhining fazllarida mubolag‘a ila aytilgan gap. nafl ibodatni barchadan ko‘p qildingiz, ular bunda sizga etaman desa, qiynaladigan bo‘lib qoldi degani.

4 May 2022, 04:03 | Savol-javoblar | 205 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar