Ruxsatsiz qilgan ishim

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, meni opam borlar. Shu kishi yaqinda tish og‘rig‘idan ko‘p qiynaldilar. Lekin oiladagi iqtisodiy etishmovchilik tufayli davolana olmadilar. Men opamga qanday yordam bersam deb o‘ylab oxiri tug‘ruq ta’tili uchun berilgan pulga olingan uzugimni sotib, opamga pulini berdim. O‘zim keyin yana ishlab o‘rnini to‘ldirib qo‘ymoqchiman, Xudo xohlasa. Lekin bu haqida turmush o‘rtog‘imga aytmadim. Chunki bu fikrim yoqmasligidan qarshilik qilishlaridan qo‘rqdim. Shu qilgan ishim, ya’ni turmush o‘rtog‘imning ruxsatisiz opamga pul berganim gunohmasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shaxsiy mulkingizdan berganingiz uchun gunoh bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 08:30 | Savol-javoblar | 129 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar