Internetda savdo qilish(Dropshipping)

Assalomu alaykum! Yaqinda bir ma’ruzada eshitib qoldim, agar bir buyumni oldindan sotib olmasangiz uni sotish joiz emas. Lekin ba’zi savol javoblarda o‘qidimki nasiyaga olinsa joiz. Xozirgi kunda  “Dropshipping” degan savdo turi keng rivojlangan. Unga ko‘ra katta savdo saytlaridan ma’lum bir buyumlarni arzon narxda topib, masalan kiyim kechak, rasmlarini ko‘chirib olinadi va boshqa sayt qilib (pul sarflab), shu rasmlarni u erda qo‘yib o‘zingiz narx qo‘yib, xar joyda reklama qilib odamlarga sotasiz. Agar xaridor sizning saytingizdan sotib olsa, keyin o‘sha katta saytdan sotib olinib u xaridorga jo‘natiladi. Men xam shunaqa sayt qurib rasmlarni joylab qo‘ygandim, lekin xali sotuvni yo‘lga qo‘yganim yo‘q. Bu ishni kilish joizmi? Bu xolida joiz bo‘lmasa qanday joiz? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz kim va nima ish qilishingizni mijozga ochiq-oydin ayting. Ya’ni sotilayotgan mol huzuringizda yo‘q. Buyurtma bersangiz haq evaziga olib keltirib berishim mumkin deb ayting. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 14:58 | Savol-javoblar | 179 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar