Yosin surasi yordamida biror narsani aniklash

Shayx hazratlari, Singlim yashayatgan uyida bir necha xujalik, ya’ni aka-ukalar oilalari bilan yashaydi va bir birlarining xonalariga bemalol kirib yurishadi. Singlim boshqa shaxarda o‘qishga ketgan va kelganida uyida tilla buyumlari yuqolganini kurgan. Shunda u bir mullani oldiga borib, "duo qilib bersangiz, buyumlarini olgan insofga kirib kaytarib bersa" debdi. Mulla singlimdan xonasiga kirishi mumkin bo‘lgan odamlarni ismini so‘rab kogozlarga yozibdi. Shundan sung, Kur’oni karimning Yosin surasi betiga kalitga uxshash narsani kuyib, Kur’onni ismlar yozilgan kogozlar oldiga olib keligan va mana bunga gumon debdi. Shunda singlim ajablanib, siz fol ochayapsizmi? desa, yo‘q kizim bu fol emas debdi. Hurmatli Shayx hazratlari, uzun savolim uchun uzr so‘rayman va bu haqida ma’lumot berishingizni iltimos, qilaman. Alloh sizdan rozi bo‘lsin va ikki dunyo saodatiga erishtirsin. assalomu alaykum
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu folning ayni o‘zi. Boshqa gap emas. Unday odamlarni mulla deyilmaydi, folbin deyiladi.

27 Aprel 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 169 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar