Ayollar bobi

Assalomu alaykum! Ayollarda erkaklarda nisbatan maziy kelishi ko‘proq bo‘ladi. Shu tufayli doimiy tarzda tahoratli yurishni imkoni yo‘q. Shu holatda ayol kishi sohibi uzur hisoblanadimi yoki har namoz va Qur’on o‘qish uchun tahorat olishi shartmi? Ba’zi o‘sha suyuqlik har yarim soatda keladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu uzr hisoblanmaydi. Agar sizdagi bu holat farz namozining to‘liq vaqtini egallasa, ya’ni farz namozining to‘liq vaqtida betahoratlikdan xoli holda tahorat qilib, farzni o‘qiydigan vaqt topa olmasangiz, shar’iy sohibi uzr sanalasiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 05:06 | Savol-javoblar | 188 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar