So‘yilgan go‘sht

Assalomu alaykum! Musulmon kishi hayvon so‘yish hukmini bilmasa (ya’ni so‘yayotganda "Bismillah, Allohu akbar" ni aytish kerakligi haqida bilmasa), shu odamning so‘ygan hayvonini esa bo‘ladimi? Bila turib qasddan aytmagan kishi emas.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qodir va eslab turgan vaqtida Alloh taoloning ismini zikr qilishi. Esida yo‘q zikr qilmasa, halol bo‘ladi. Ammo Alloh taoloning ismini zikr qilish kerakligini bilmasa yoki qasddan aytmasa, halol bo‘lmaydi. Alloh taolo "An’om" surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَأْكُلُواْ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ«Ustida Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar».
Kim qodir bo‘laturib qasdan tasmiyani tark qilsa, so‘ygani halol bo‘lmaydi. Agar esidan chiqarib yoki soqov bo‘lganligi uchun tasmiyani aytmasa, halol bo‘ladi. Tasmiyaning haqiqati Tasmiya deb Alloh taoloning imslaridan birortasini zikr qilishga aytiladi. Alloh taolo: فَكُلُواْ مِمَّا ذُكِرَ اسْمُ اللّهِ عَلَيْهِ«... ustida Allohning ismi zikr qilingan narsadan eng!», deb marhamat qilgan.
So‘yuvchi Alloh taoloning ismlaridan qay birini zikr qilsa tasmiyani ado qilgan bo‘ladi. U xoh «Allohu akbar» desin yoki «Allohu ajallu» desin yoki «Alloh» lafzi jalolani o‘zini aytsin yoki «Ar-rohman», «Ar-rohim» desa ham bo‘ladi. Shuningdek «subhaanalloh» yoki «alhamdu lillah» yoki «laa ilaaha illalloh» desa ham bo‘ladi.   Shuningdek, arab tilini bilsada, o‘z tilida Alloh taoloning sifotlaridan qay birini aytsa ham tasmiya aytgan bo‘laveradi.Tasmiyaning shartlari Tasmiyada to‘rt narsa shart qilinadi.
1). Tasmiyani so‘yuvchi aytishi. Agar so‘yuvchi tasmiyani aytmay yonidagilar aytadigan bo‘lsa, so‘yilgan hayvon halol bo‘lmaydi.
2). So‘yilayotgan hayvonga tasmiya aytishi. Agar ish boshlash maqsadida tasmiyani aytsa yoki etkazganiga shukr qilib alhamdulillah yoki subhanalloh, laa ilaaha illalloh, Allohu akbar desayu hayvonni so‘yishga tasmiyani aytmasa, halol bo‘lmaydi. tasmiya aytishdan maqsad Alloh taoloni ulug‘lashdir.
«Ixtiyoriy so‘yishdagi shartlardan biri so‘yiladigan hayvonni tayin qilib o‘shanga tasmiya aytish. Shunga binoan agar biror qo‘yni tasmiya aytib so‘ysa, so‘ng o‘sha aytgan tasmiya qifoya qilsa kerak deb o‘ylab alohida tasmiya aytmay boshqasini so‘ysa, keyingi so‘yilganga tasmiya aytilmagani uchun halol bo‘lmaydi. Har bir so‘yiladigan hayvonga alohida tasmiya aytish shartdir».
1). Agar allohum mag‘firliy deb Alloh taoloning zikrini qilsayu lekin maqsad ta’zim qilish bo‘lmay duo qilish bo‘lsa, tasmiyani aytgan bo‘lmaydi.
2). Tasmiyani qaysi hayvonga aytayotganini tayin qilmog‘i. Masalan  bir tovuqni ushlab unga tasmiya aytib so‘ymoqchi bo‘lib turganida, mana buni so‘y deb qo‘liga boshqasini tutqazilsa  va uni  avvalgi tasmiya bilan so‘ysa halol bo‘lmaydi. Chunki u tasmiyani birinchi hayvonga aytgan edi ikkinchi hayvon esa, tasmiyasiz so‘yilgan bo‘ldi.
«Biror qo‘yni yotqizib pichoqni qo‘lga olsa va tasmiyani aytsa, so‘ng u qo‘yni qo‘yib boshqasini avvalgi tasmiya bilan qasdan boshqa tasmiya aytmay so‘ysa, so‘yilgan hayvon halol bo‘lmaydi». (Fatavoi hindiya). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 02:14 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar